PKK/YPG yana bir qizni o'g'irlab ketdi

Terror tashkiloti PKK/YPG Suriyaning shimoli-sharqidagi Hasaka viloyatida ishg'ol qilgan Tel Temir shahridan 15 yoshli qizni o'z qurolli guruhiga olish maqsadida o'g'irlab ketdi.

2130747
PKK/YPG yana bir qizni o'g'irlab ketdi

 

Terror tashkiloti PKK/YPG Suriyaning shimoli-sharqidagi Hasaka viloyatida ishg'ol qilgan Tel Temir shahridan 15 yoshli qizni o'z qurolli guruhiga olish maqsadida o'g'irlab ketdi.Hasakaning Tel Temir tumanida yashovchi 15 yoshli qiz PKK/YPG terroristlari tomonidan o'g'irlab ketildi.Terror tashkiloti o'g'irlab ketgan bolalarning oilalari bilan muloqot qilishiga to'sqinlik qilmoqda.PKK/YPG o'g'irlagan yoki hibsga olgan bolalar va yoshlarni qurolli ta'lim olish uchun o'quv lagerlariga olib boradi.

Terror tashkiloti yil boshidan beri Halab, Rakka, Dayr az-Zor va Hasaka viloyatlarida ishg'ol qilgan hududlarda 20 dan ortiq bolani o'z qurolli guruhiga jalb qilish maqsadida o'g'irlab ketgan edi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 2022 yil "Qurolli to'qnashuvlardagi yillik bolalar" hisobotida terror tashkiloti PKK va uning Suriyadagi kengaytmalari QSD va YPGning 2022 yilda 1200 dan ortiq bolani o'g'irlab, ularni jangga majburlagani ma'lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres hisobotni baholar ekan, "PKK/YPG tomonidan bolalardan askar sifatida foydalanishdan juda xavotirdaman. Men ularni bolalardan askar sifatida va turli maqsadlarda foydalanishni to'xtatishga va barchani ozod qilishga taklif qilaman" dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'g'irlab ketilgan , #15 yoshli qiz , #Suriya , #Sur , #PKK

Aloqador xabarlar