Isroil hujumlari bugun ham toʻxtamadi

Isroil harbiy samolyotlari Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini 199 kundan beri davom ettirmoqda.

2130638
Isroil hujumlari bugun ham toʻxtamadi

Ma’lum qilinishicha Isroil armiyasi kechasi bilan Gʻazo sektorining markaziy va janubiy qismlarida hujumlar uyushtirdi va oqibati koʻpchilik umriga zomin boʻldi.

Falastinning WAFA rasmiy agentligi ma’lumotiga koʻra, Isroil harbiy samolyotlari Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini 199 kundan beri davom ettirmoqda.

Isroil armiyasi Gʻazoning janubida joylashgan Xon Yunis shahrining janubi - sharqiy qismlarini bombaladi. Markaziy qismlarda esa Megazi qochqinlar lagerining sharqidagi ba’zi hududlarni nishonga oldi.

Isroil shuningdek, G‘azoning markaziy qismlarida joylashgan al - Burayj qochqinlar lageri bilan u yerdagi at - Taqva jome’ masjidiga qarshi ham havodan hujum uyushtirdi.

Unda, koʻplab halok boʻlgan va tan jarohati olganlar bor.

Isroil harbiy samolyotlari an - Nusayrat qochqinlar lageridagi qabriston bilan Dayr al - Baloh shahridagi bir uyni nishonga olgani va natijada bir necha kishining tan jarohati olgani bildirildi.

Isroil armiyasi Xon Yunis shahri g‘arbidagi al - Mavasi tumani bilan G‘azo shahri janubidagi az - Zaytun tumaniga ham hujumlar uyushtirdi.

Isroil armiyasining Rafah shahrida ikkita uyga qarshi uyushtirgan havo hujumida ham falastinlik 24 kishi halok boʻldi. Ulardan 16 nafari yosh bola, 6 nafari esa ayol kishi ekani aniqlandi.

 



Aloqador xabarlar