Entoni Blinken Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant va Benni Gantz bilan alohida telefonda gaplashdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant va Harbiy Vazirlar Mahkamasi a'zosi Benni Gantz bilan alohida telefonda gaplashdi.

2130603

AQSh Davlat departamenti tomonidan qilingan bayonotga ko'ra, Blinken, Gallant va Gantz bilan telefonda o'z mamlakatining Isroil xavfsizligiga sodiqligi va isroillik mahbuslarni ozod qilish uchun olib borilayotgan muzokaralar haqida gaplashgan.

Favqulodda sulh e'lon qilish va gumanitar yordam yetkazish masalalari muhokama qilingan muzokaralar chog'ida Blinken mintaqadagi keskinlikni pasaytirish chora-tadbirlarining ahamiyatiga e'tibor qaratdi.

Blinken Gantz bilan uchrashuvida G'azodagi taranglikning mintaqaga tarqalishining oldini olishga ham to'xtaldi.

Aloqador xabarlar