Isroilning G‘azoni nishonga olgan hujumlarida yana qurbonlar borligi qayd etildi

Isroil kuchlari aholini och va suvsiz majburlab, katta falokatga maruz qoldirgan G‘azo sektorini nishonga olgan hujumlarini bugun ham davom ettirmoqda.

2130304
Isroilning G‘azoni nishonga olgan hujumlarida yana qurbonlar borligi qayd etildi

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi kechasi bilan havodan, quruqlikdan va dengiz orqali hujum uyushtirildi. Oqibatida qurbonlar va tan jarohati olganlar qayd etildi.

Isroil kuchlari aholini och va suvsiz majburlab, katta falokatga maruz qoldirgan G‘azo sektorini nishonga olgan hujumlarini bugun ham davom ettirmoqda.

Falastinning WAFA rasmiy agentligi xabariga ko‘ra Isroil armiyasi kecha kechasi bilan havodan, quruqlikdan va dengiz orqali G‘azo sektoriga qarshi hujum uyushtirdi. Ushbu hujumda eng ko‘p Refah shahri nishonga olindi. Oqibatida esa kamida 19 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Isroil harbiy samolyotlari tomonidan Refah shahriga qarshi uyushtirilgan shiddatli hujumlar oqibatida 9 nafari yosh bola jami 16 kishi halok bo‘ldi, ko‘pchilik tan jarohati oldi. Refah markazidagi Shabura lageridagi bir uyning nishonga olinishi oqibatida bir oiladan 3 kishi jon berdi, ko‘pchilik tan jarohati oldi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda esa, Isroil armiyasining G‘arbiy sohildagi Tulkarimdagi Nur Shams qochqinlar lageriga qarshi uyushtirgan hujumlarida falastinlik 14 kishi hayotdan ko‘z yumgani bildirildi.

Yana Falastinning WAFA rasmiy xabar agentligi xabariga ko‘ra G‘arbiy sohil shimolidagi Nablusning as - Saviyya shaharchasiga qarshi uyushtirilgan bosqin chog‘ida qurolli noqonuniy yahudiy bosqinchilar tomonidan boshlatilgan otishma natijasida 48 yoshidagi falastinlik tez yordam haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi.

Ayni paytda G‘azo sektorida Falastindagi harbiy bo‘lmagan mudofaa yetakchiligi, Isroil armiyasi tomonidan Refah shahriga qarshi uyushtirilgan havo hujumida hayotdan ko‘z yumgan ko‘plab falastinliklarning jasadlari topilganini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar