Afg‘onistonda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 99 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 99 kishi halok bo‘lar ekan, 60 dan ortiq inson tan jarohati olgan.

2130286
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 99 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda oxirgi ikki hafta ichida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 99 kishi halok bo‘ldi.

Afg‘on matbuotida chop etilgan xabarga ko‘ra mazkur tabiiy ofat eng ko‘p G‘azni, Paktia, Juzjan, Farah, Samangan, Pervan, Hilmand va Nangarhar viloyatlariga ziyon yetkazdi.

Afg‘oniston muvaqqat hukumati Tabiiy Ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish vazirligi matbuot xizmati kotibi Molla Janan Saik oxirgi 4 kunda kamida 29, 11 – 14 aprel kunlari esa kamida 33 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.  

TOLO News kanaliga ko‘ra, so‘nggi ikki haftada mamlakat bo‘ylab sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 99 kishi halok bo‘lar ekan, 60 dan ortiq inson tan jarohati olgan.

Boshqa jihatdan Afg‘oniston meteorologiya muassasasi ham ayniqsa, mamlakatning markaziy va shimoli - sharqiy hududlarida og‘ir yog‘ingarchilik va sel ehtimolidan ogohlantirdi.

 



Aloqador xabarlar