Pokistonda kuchli yomg'ir va suv toshqinlari oqibatida 98 nafar hayotdan ko'z yumdi

Pokistonning shimoli-g'arbiy va janubi-g'arbiy mintaqalarida kuchli yomg'ir va suv toshqinlari oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 98 nafarga yetdi.

2130152

Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligi (NDMA) mamlakatning Panjob, Baluchiston va Xayber Paxtunxva viloyatlariga ta’sir ko‘rsatgan kuchli yomg‘irlar haqida bayonot berdi.

Bayonotda, o'tgan hafta oxirida boshlangan yomg'ir va suv toshqinlari oqibatida halok bo'lganlar soni 98 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 89 nafarga ko'tarilgani, taxminan 3 ming 261 uyning zarar ko'rgani qayd etildi.

Bayonotda, shuningdek, yomg‘irlar 22-aprelgacha davom etishi va Belujiston va Hayber-Paxtunxvada to‘satdan suv toshqinlari yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Aloqador xabarlar