Isroil armiyasining Rafahning turli nuqtalariga uyushtirgan hujumlarida 8 falastinlik halok bo'ldi

Isroil armiyasining G'azo sektorining janubidagi Rafahning turli nuqtalariga uyushtirgan hujumlarida kamida 8 falastinlik halok bo'ldi.

2130109

Sog'liqni saqlash manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Rafahning sharqidagi Es-Salam tumanida sodir bo'lgan hujumda bir falastinlik ayol hayotdan ko'z yumgan, yaralanganlar soni aniqlanmagan.

Shahar g'arbidagi Tel es-Sulton mahallasida Ridvan oilasiga tegishli bir uyning portlatilishi natijasida 7 nafar Falastinlik halok bo'ldi, bolalar ham bo'lgan ko'plab inson jarohat oldi.

Yaralanganlar Quvaytning Rafahdagi kasalxonasiga yetkazilar ekan, fuqarolik mudofaa guruhlari vayronalar ostidan o'lik va yaradorlarni chiqarishni davom ettirgani va qurbonlar soni ortishi mumkinligi qayd etildi.

Aloqador xabarlar