Birlashgan Arab Amirliklarida suv toshqinlari yuz berdi
Eng ko'p yog'ingarchilik miqdori Al Ayn shahrining Hatm ash-Shikle hududida qayd etilgan bo'lib, 24 soatdan kamroq vaqt ichida 254,8 millimetrga yetgani ta'kidlandi.
Birlashgan Arab Amirliklarida so‘nggi 75 yildagi eng ko‘p yog‘ingarchilik miqdori qayd etilgani e’lon qilindi.
Birlashgan Arab Amirliklarining WAM axborot agentligi xabariga ko‘ra, Milliy meteorologiya markazi turli hududlarda davom etayotgan kuchli yomg‘irlar reyslarning keyinga surilishi hamda masofaviy ta’lim va ish uslubiga o‘tishiga sabab bo‘lganligi haqida bayonot berdi.
Qurg‘oqchil mintaqa uchun kamdan-kam kuzatiladigan kuchli yomg‘ir seshanbaga o‘tar kechasi boshlangan va Milliy meteorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanbagacha davom etishi kutilmoqda.
Jumladan, Dubayda bir kechada 30 mm dan ortiq yomg‘ir yog‘gan. Bu qiymat kun oxirigacha 150 mm dan oshishi kutilmoqda. Shaharda to‘q sariq rangli favqulodda holat darajasi e’lon qilingan. Hukumat aholini zarurat bo‘lmasa, uylarini tark etmaslikka chaqirgan. Davlat muassasalari, shuningdek, ko‘plab xususiy sektor korxonalari masofaviy ishlashga o‘tgan. Noqulay ob-havo davom etar ekan, maktab va universitetlarda ham darslar onlayn shaklda bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Eng ko'p yog'ingarchilik miqdori Al Ayn shahrining Hatm ash-Shikle hududida qayd etilgan bo'lib, 24 soatdan kamroq vaqt ichida 254,8 millimetrga yetgani ta'kidlandi.
Kecha oqshomgacha mamlakat tarixida “g‘ayrioddiy hodisa” sifatida qayd etilgan yog‘ingarchilik miqdori ortishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Islom ishlari boshqarmasi yomg‘irdan jabr ko‘rgan hududlarda uyda namoz o‘qishga chaqirdi.
Etihad Airways aviakompaniyasi poytaxt Abu-Dabidagi noqulay ob-havo tufayli reyslar kechikishi kutilayotganini ma`lum qildi.
BAAning Favqulodda vaziyatlar, inqiroz va tabiiy ofatlarni boshqarish milliy qo‘mitasi yog‘ingarchilikdan zarar ko‘rgan hududlarda “zarurat bo‘lmasa, uydan chiqmaslikka” chaqirdi.
Aloqador xabarlar
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi
Isroil kuchlari 207 kundan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirmoqda.