Isroil armiyasining Livan janubida uyushtirgan havo hujumida 9 kishi tan jarohati oldi

Livan rasmiy agentligi NNAda berilgan xabarga ko'ra, Isroil qo'shini jangovar samolyotlari Sur shahrining Siddikin shahridagi bir uyga havo hujumi uyushtirdi.

2127664
Isroil armiyasining Livan janubida uyushtirgan havo hujumida 9 kishi tan jarohati oldi

 

Isroil armiyasining Livan janubida uyushtirgan havo hujumida 9 kishi tan jarohati oldi.

Livan rasmiy agentligi NNAda berilgan xabarga ko'ra, Isroil qo'shini jangovar samolyotlari Sur shahrining Siddikin shahridagi bir uyga havo hujumi uyushtirdi.

Hujum natijasida nishonga olingan uyning butunlay vayron bo'lgani, 9 kishining tan jarohati olgani, atrofdagi ko'plab uylarning jiddiy zarar ko'rgani qayd etildi.

Ma`lum qilinishicha, jarohatlanganlar tez yordam mashinasida viloyatdagi eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan. Xabar qilinishicha, Isroil armiyasi Livan chegarasida joylashgan Tayr Harfa, Ed-Duhayra, Lebbune va Alma ash-Shaab shaharlariga ham havo hujumi uyushtirgan.

 



Aloqador xabarlar