BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron-Isroil ziddiyatida tomonlarni mo'tadillikka chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron-Isroil ziddiyatida tomonlarni mo'tadillikka chaqirdi.

2127185
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron-Isroil ziddiyatida tomonlarni mo'tadillikka chaqirdi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron-Isroil ziddiyatida tomonlarni mo'tadillikka chaqirdi. Wall Street Journal va Bloomberg, AQSh OAVlari razvedka manbalariga tayanib, Eron Isroilga eng kech bugun kechqurungacha javob qaytaradi, deb yozdi.

BMT matbuot kotibi Stefan Dujarrik kundalik matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi. Dujarrikning aytishicha, Guterrish Eronning Suriyadagi konsullik binosiga zarba bergan Isroilga javob qaytarishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarni diqqat bilan kuzatib bormoqda va taranglikning yanada kuchayishidan juda xavotirda ekanini qayd etdi.

Dujarrik tomonlarning mintaqadagi harbiy rejalari haqida ma'lumotga ega emasliklarini bildirdi.

Dyujarrikning ta'kidlashicha, Guterrish ham ommaviy xabarlarida, ham shaxsiy suhbatlarida bir xil xabarni beradi.   “Bosh kotib vaziyatni pasaytirish va vazminlikka chaqiradi”. Deya  ta'kidladi u.

Isroil 1 aprel kuni Eronning Damashqdagi elchixonasidagi konsullik binosiga havodan hujum uyushtirgan edi.

  Hujum oqibatida Eron Inqilobiy Gvardiya armiyasidan jami 7 kishi, jumladan 2 general halok bo'lgan edi.

Eron yetakchisi Oyatulloh Ali Xomenei, Isroilning hujumi oʻz mamlakati hududiga hujum qilish ekanligini taʼkidlab, “Yomon rejim xato qildi, jazolanishi kerak va boʻladi” dedi

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden ham Eronning Isroilga qarshi hujum tahdidlariga qarshi Tel-Avivga "shaklsiz" yordam berishda davom etishlarini bildirdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar