Italiyadagi gidroelektrostantsiyasida portlash sodir bo’ldi

Italiyadagi GESdagi portlash paytida g'oyib bo'lgan odamlarni qidirish davom etar ekan, o't o'chiruvchilar bedarak yo'qolganlarga bo'lgan umidlar susayganini bildirdi.

2126721

Toskana va Emiliya Romagna mintaqalari o'rtasidagi Apennin tog'larida joylashgan

Suviana ko'lidagi Enel energetika kompaniyasiga qarashli GESda kecha sodir bo'lgan portlash mamlakat kun tartibidagi o'z o'rnini saqlab kelmoqda.

Boloniya gubernatorligi, portlashdan keyingi birinchi bayonotida, 4 kishining hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi.

Keyinroq qilingan boshqa bir bayonotda qurbonlar soni 3 nafarga, bedarak yo'qolganlar soni esa 4 nafarga yetkazildi.

Yaralanganlar soni 5 nafar deb e'lon qilindi.

Yo'qolgan 4 kishini qidirish va qutqarish ishlarida qatnashgan Italiya o't o'chirish brigadasi matbuot kotibi Luka Kari jurnalistlarga bergan bayonotida:

"Biz hozir elektr stantsiyasidamiz. Bizning g'avvoslarimiz ham voqea joyini xavfsiz qilish uchun ichkarida, lekin ular suvga sho'ng'iy olmaydilar, chunki ko'rish nolga teng." dedi.

Cari, stansiyadagi portlash tufayli voqea joyida avval yong'in, keyin esa qulash sodir bo'lganiga diqqat qaratdi.

  U yer ostidagi minus 8-qavat suv bilan to'lib ketganligi sababli klassik qidiruv ishlarini olib bora olmaganini aytdi.

Italiyadagi GESdagi portlash paytida g'oyib bo'lgan odamlarni qidirish davom etar ekan, o't o'chiruvchilar bedarak yo'qolganlarga bo'lgan umidlar susayganini bildirdi.

Aloqador xabarlar