AQSh politsiyasi 96 ta o'q otib, bir kishini o'ldirdi

Amerika Qo'shma Shtatlarining (AQSh) Chikago shahrida 4 nafar politsiyachi uni xavfsizlik kamarini taqmaganligi uchun to'xtatib kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan Dekster Ridni 96 ta o‘q otib o‘ldirgan.

2126460

Chikagodagi Politsiya mas'uliyati bo'yicha fuqarolik idorasi (COPA) 21 mart kuni West Garfield Park hududida sodir bo'lgan otishmaning politsiya kamerasi tasvirlari bilan bo'lishdi.

Videoyozuvga ko‘ra, to‘rt nafar politsiyachi oq rangli SUV tipidagi avtomobilni o‘rab olib, 26 yoshli Ridga “eshikni och” deb baqirgan, shundan so‘ng o‘nlab otishma ovozlari eshitilgan.

COPAning dastlabki hisobotida Rid birinchi bo'lib qurolini otgani va politsiya javob bergani aytilgan bo'lsa-da, ommaga ochiq bo'lgan kadrlarda bu aniq emas edi.

Shifoxonaga yetkazilgan Ridning vafot etgani, politsiyachi esa bilak qismidan jarohat olgani ma’lum qilingan. Politsiya mojarolarini tekshirish vakolatiga ega bo'lgan COPA tashkiloti, 41 soniya ichida yosh gumondorga qarata 96 ta o'q otgan politsiya xodimlarini tergov tugagunga qadar xizmatdan chetlatishlarini so'radi.

Aloqador xabarlar