Isroil Livan janubidagi chegara hududlariga hujum qildi

Isroil kuchlari Livan chegarasida joylashgan Ayta ash-Shaab, Ramim, Ed-Duhayra, Nakura va Lebeniyye shaharchalariga zarba berdi.

2124100
Isroil Livan janubidagi chegara hududlariga hujum qildi

 

Isroil armiyasi bir vaqtning o‘zida Livan janubidagi chegara hududlariga shiddatli artilleriya hujumi uyushtirdi.

Livan rasmiy agentligi NNAda berilgan xabarga ko'ra, Isroil qo'shini chegara mintaqasidagi shaharchalarni artilleriya va "Merkava" tipidagi tanklar bilan nishonga oldi.

Isroil kuchlari Livan chegarasida joylashgan Ayta ash-Shaab, Ramim, Ed-Duhayra, Nakura va Lebeniyye shaharchalariga zarba berdi.

Tank va artilleriya hujumlarining davom etgani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Livan , #Isroil

Aloqador xabarlar