BMT Damashqdagi Eron konsulligiga berilgan zarbaga munosabat bildirdi

BMT Yaqin Sharqdagi o'zgarishlarga diqqat qaratib, mintaqadagi taranglikning yanada kengroq hududga tarqalishidan katta xavotir borligini bildirdi.

2124025
BMT Damashqdagi Eron konsulligiga berilgan zarbaga munosabat bildirdi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Eronning Suriyadagi elchixonasining nishonga olinganiga munosabat bildirdi.

U ayni vaqtda Yaqin Sharqdagi o'zgarishlarga diqqat qaratib, mintaqadagi taranglikning yanada kengroq hududga tarqalishidan katta xavotir borligini bildirdi.

BMT matbuot kotibi Stefan Dujarrik bu haqda kundalik matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Voqea ortidan BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlar haqida ma'lumot bergan Dujarrik, Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyonning Guterrishga qo'ng'iroq qilganini aytdi.

"Mintaqada mavjud taranglikning ancha kengroq hududga tarqalishidan juda xavotirdamiz",- dedi u.

Kecha Eronning Damashqdagi elchixonasidagi konsullik binosiga uyushtirilgan havo hujumida Eron Inqilobiy Gvardiya armiyasidan 7 kishi, jumladan 2 general halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Hujum oqibatida 6 nafar suriyalik ham hayotdan ko'z yumgani bildirildi. Shu bilan qurbonlar soni 13 nafarga yetgan.

Eron Isroil hujumni amalga oshirganini e'lon qilar ekan, Tel-Aviv ma'muriyati sukut saqlashda davom etdi.

Eron hujum uchun javob qaytarishini e'lon qildi va AQShni javobgar deb hisobladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #BMT

Aloqador xabarlar