Tataristonning ayrim viloyatlarida dron hujumi sodir etildi

Uchuvchisiz uchish apparatlari vositasida sodir etilgan hujumlarda ko'p kishining tan jarohati olgani, ba'zi binolarning zarar ko'rgani bildirildi.

2123567
Tataristonning ayrim viloyatlarida dron hujumi sodir etildi

 

Bugun, 2 aprel kuni Rossiyaning Tatariston respublikasi hududiga dron hujumi uyushtirildi. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukrainada urush boshlangandan beri Tataristonga birinchi marta hujum qilgan uchuvchisiz samolyotlar Yelabuga va Nijnekamskdagi korxonalarga zarba berishga uringan.  

“Jiddiy zarar yo‘q, korxonalarning texnologik jarayoni buzilmagan. Yelabugada, afsuski, binolarning vayron bo‘lishi oqibatida qurbonlar bor. Ularga barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda”, deydi Tatariston raisi Rustam Minnixonov.

Hozirda barcha operativ xizmatlar ogohlantirish holatida. Rustam Minnixonov mahalliy aholini tashvishga berilmaslikka chaqirgan va bu jinoyatni sodir etganlar ataylab vahima ko‘tarishga urinayotganini aytgan. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tatariston

Aloqador xabarlar