Germaniyada 4 qavatli binoda yong'in sodir bo'ldi

Germaniyaning Solingen shahrida 4 qavatli binoda sodir bo'lgan yong'in oqibatida 4 kishi halok bo'ldi, 9 kishi tan jarohati oldi.

2120158
Germaniyada 4 qavatli binoda yong'in sodir bo'ldi

 

Germaniyaning Solingen shahrida 4 qavatli binoda sodir bo'lgan yong'in oqibatida 4 kishi halok bo'ldi, 9 kishi tan jarohati oldi.

Politsiya tomonidan berilgan bayonotda, Hohscheid tumanidagi eski binoda noma'lum sabab bilan yong'in yuzaga kelgani bildirildi.

Yong'in o'chirish xizmati tomonidan berilgan bayonotda, uyida uxlab yotgan bir oiladan 4 kishi, jumladan 2 nafar bola halok bo'lgani va 9 kishi tan jarohati olgani aytilgan. Yaradorlardan ikki nafarining ahvoli og'ir.

Aytishlaricha, yong‘in 4 qavatli binoning 2-qavatida boshlangan.

Yong'indan so'ng binodagi 21 kishi evakuatsiya qilingan, tutundan zarar ko'rgan ko'plab insonlarga tibbiy yordam ko'rsatilgan.

Politsiya binoda yashovchi odamlarning shaxsi haqida bayonot bermagan bo'lsa-da, mahalliy aholi halok bo'lganlarning Bolgariya fuqarolari ekanligini ta'kidlamoqda.

Qayd etilishicha, yong‘in sabablarini o‘rganish davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Germaniya

Aloqador xabarlar