Musulmon ulamolari ittifoqi Moskvadagi hujumning Islom diniga aloqasi yo‘qligini bildirdi

Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqi Rossiya poytaxti Moskvada sodir etilgan teraktni qoralab, hujumning Islom diniga aloqasi yo‘qligini bildirdi.

2119142

Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqi bosh kotibi Ali Karadag‘i o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida:

  U Moskvadagi hujumni keskin qoralaganliklarini qayd etdi.

Karadag’i,

"Bu terror operatsiyasining Islomga aloqasi yo'q. Ular Islomni vakillik qilishlarini da'vo qilishsa ham, ular Islomdan ko'ra mintaqaviy va xalqaro razvedka ayg'oqchilari vakili". Deya bildirdi.

Karadag’i, hujumning Isroilning G'azodagi hujumlarini kuchaytirgan davrga to'g'ri kelganiga diqqat qaratdi.

Uning ta'kidlashicha, Moskvadagi hujum sionistlarning G'azoda sodir etgan jinoyatlariga e'tibor bermaslik va e'tiborni  chalg’itishdir.

Rossiya poytaxti Moskvadagi Crocus City Hall konsert zaliga qurollangan shaxslar hujum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tasvirlarda hujumchilar zalda tasodifiy o'q ochgani ko'rindi.

Rossiya Tergov qoʻmitasi terakt oqibatida 60 dan ortiq kishi halok boʻlgan, 115 kishi jarohatlangan, ulardan 60 nafari ogʻir ahvolda ekani, qurbonlar soni ortishi mumkinligini maʼlum qilgan.

Aloqador xabarlar