Germaniya jome' masjidi yong‘ini bilan bog‘liq tergov boshlatdi

Germaniya, kechasi sodir bo‘lgan jome' masjidi yong‘ini bilan bog‘liq tergov boshlatdi.

2118699
Germaniya jome' masjidi yong‘ini bilan bog‘liq tergov boshlatdi

Germaniya Vuppertal shahridagi Din ishlari Turk - islom ittifoqi markaziy jome’ masjidi hovlisi kiraverishida sodir bo‘lgan yong‘in bilan bog‘liq tergov ishlari boshlatdi.

Mavzu haqida politsiya tomonidan berilgan bayonotda, kechasi sodir bo‘lgan kichik yong‘inda jon bergan yoki tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Jome’ masjidi hovlisining eshigi bilan devoriga kichik ziyon yetkazilgan yong‘inning o‘z -o‘zidan o‘chgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgani, voqea bilan bog‘liq xavfsizlik kamerasi qaydlarini tekshiruv ishlari davom etayotgani bildirildi.

Politsiya voqea yuzasidan tergov ishlari boshlatdi.


Tanlangan kalimalar: #Germaniya , #jome' masjidi , #yong‘in

Aloqador xabarlar