Putin prezident saylovida takror g‘alaba qozondi

2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiya prezidentligiga nomzod va amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin yetakchilik qilmoqda. Bayonnomalarning 99,67 foizi ko‘rib chiqilgach, u 87,32 foiz ovoz oldi.

2116957

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

Ikkinchi o‘rinda 4,30 foiz ovoz olgan Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi nomzodi Nikolay Xaritonov.

Undan keyingi o‘rinda “Yangi odamlar" partiyasidan nomzod Vladislav Davankov 3,82 foiz ovoz olgan.

To‘rtinchi o‘rinda 3,20 foiz ovoz bilan LDPR nomzodi Leonid Slutskiy.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, g‘alaba qozongan Putin rasmiy natijalar e’lon qilingandan so‘ng qasamyod qiladi va 5-marta Rossiya prezidenti lavozimini egallaydi.

Yangi prezident oʻz lavozimida yana 6 yil xizmat qiladi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Sharl Mishel Rossiyada saylov boshlangan kunning o‘zida Putinni g‘alabasi bilan tabriklagandi.

Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Putin

Aloqador xabarlar