Rossiyada uyushtirilgan prezidentlik saylovida ovoz berganlar soni 50 foizdan oshdi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, uch kunlik prezidentlik saylovining ikkinchi kunida jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmagan.

2116480
Rossiyada uyushtirilgan prezidentlik saylovida ovoz berganlar soni 50 foizdan oshdi

Rossiya Federatsiyasida uyushtirilgan prezidentlik saylovining ikkinchi kunida, ovoz berish uchun ishtirok etganlar soni 50 foizdan oshdi.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, uch kunlik prezidentlik saylovining ikkinchi kunida jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmagan.

Saylovning ikkinchi kunida ishtirok etgan saylovchilar nisbati 80 dan ortiq mintaqada Moskva soati bilan soat 20:39 da 57.44 foiz deb qayd etildi.

Saylovning birinchi natijalari 17 - mart kuni Moskva vaqti bilan soat 21:00 dan e’tiboran e’lon qilina boshlaydi.

Mamlakatda 112 million 309 ming 947 nafar, Rossiyaning xorijdagi vakolatxonalarida 1 million 890 ming 863 nafar, Qozog‘istondagi Rossiyaning Bayqo‘ng‘ir kosmodromida esa 11 ming 924 nafar saylovchi ovoz bermoqda.

Saylovlar ham saylov qutisida, ham uzoqdan turib elektron yo‘l orqali o‘tkazmoqda. Uzoqdan turib ovoz berish ishlari 29 ta hududda, jumladan, Moskvada ham o‘tkazilmoqda.

Rossiya tomonidan 2014 - yili anneksiya qilib olingan Qrimda, 2022 - yili anneksiya qilib olingan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarida ham prezidentlik saylovi uchun ovoz berilmoqda.

Prezidentlik uchun 4 nafar nomzod kurashgan saylovda amaldagi prezident Vladimir Putin “Yagona Rossiya” partiyasining qo‘llab – quvvatlashi bilan mustaqil nomzod sifatida ishtirok etmoqda.

Liberal - demokratik partiyasi raisi Leonid Slutskiy o‘z partiyasidan, Nikolay Xaritonov Kommunistik partiyadan, Vladislav Davankov esa Yangi insonlar partiyasidan nomzod sifatida saylov byulletenidagi o‘z o‘rnini egalladi.

 



Aloqador xabarlar