Avstriya rossiyalik ikki diplomatni persona non grata deb e’lon qildi

“Har ikki rossiyalik diplomatik xodim maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlar qilgan”, deyiladi Avstriya TIV bayonotida.

2115175
Avstriya rossiyalik ikki diplomatni persona non grata deb e’lon qildi

 

Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Venadagi elchixonasining ikki xodimini persona non grata deb e’lon qildi. 

“Har ikki rossiyalik diplomatik xodim maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlar qilgan”, deyiladi Avstriya TIV bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, ular 19 martdan kechiktirmay mamlakatni tark etishi kerak. Bu odatda odatda razvedka xizmatlari manfaatlariga qaratilgan faoliyatda illaniladigan usul. Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi javob choralarini ko‘rishini e’lon qildi.

Shunday qilib, Avstriya 2020 yildan buyon deportatsiya qilgan rossiyalik diplomatlar soni 11 nafarga yetdi.

Rossiya shu kungacha Avstriyaning har bir qaroriga mamlakatning Moskvadagi elchixonasida ishlagan avstriyalik diplomatlarni deportatsiya qilish orqali javob berdi.

Biroq, bu safar Rossiya Avstriyaning so'nggi deportatsiya qarori haqida hali hech qanday bayonot bergani yo'q.

Ma’lumot uchun, 2022 yil aprel oyida Rossiya qo‘shinlari Buchada tinch aholini qirg‘in qilishda ayblanganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqining muvofiqlashtirilgan javobi doirasida to‘rt nafar rossiyalik diplomat Avstriyadan chiqarib yuborilgan. 2023 yil fevralida ham Vena to‘rt nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborgan.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Avstriya

Aloqador xabarlar