Rossiyada Google 4 million rubl jarimaga tortildi

Sud YouTube’dagi ayrim taqiqlangan kontentga kirish taqiqlanmagani uchun qonunga rioya qilinmagan deb topdi va Google’ni 4 million rubl miqdorida jarima to‘lashga majbur qildi.

2114927
Rossiyada Google 4 million rubl jarimaga tortildi

 

Rossiyada Google YouTube’dagi ayrim kontentga kirishni bloklamagani uchun 4 million rubl (taxminan 44 ming dollar) jarimaga tortildi.

Google’ga qarshi ochilgan  davo poytaxt Moskvada ko‘rib chiqildi.

Sud YouTube’dagi ayrim taqiqlangan kontentga kirish taqiqlanmagani uchun qonunga rioya qilinmagan deb topdi va Google’ni 4 million rubl miqdorida jarima to‘lashga majbur qildi.

Google avval ham xuddi shunday sabablarga ko'ra jarimaga tortilgan edi.

Kompaniyaning Rossiyadagi sho‘ba korxonasi ham moliyaviy majburiyatlarini bajara olmagani uchun 2022-yilda bankrotlik jarayonini boshlagan.

 

 

 



Aloqador xabarlar