Rossiya Finlandiya chegarasida harbiy baza qurmoqchi
Rossiya Davlat rahbari, Shvetsiya va Finlandiyaning NATO tarkibiga kirishi maʼnosiz ekanini taʼkidlab, Finlandiya chegarasida harbiy baza qurmoqchi ekanliklarini bildirdi.
Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Finlandiya chegarasida harbiy baza qurishlarini ma’lum qildi.
Davlat matbuotiga bergan intervyusida Rossiya Davlat rahbari, Shvetsiya va Finlandiyaning NATO tarkibiga kirishi maʼnosiz ekanini taʼkidlab, Finlandiya chegarasida harbiy baza qurmoqchi ekanliklarini bildirdi.
Rossiyaning yadroviy urushga tayyor ekani ammo hozircha buni boshlatish uchun zarur holat yo‘qligini ifoda etgan Putin, “Amerika Qo‘shma Shtatlari yadroviy sinov yo‘lga qo‘ygudek bo‘lsa unda Rossiya ham xuddi shuni qiladi”. – dedi.
Putin, Rossiyani nishonga olgan qanaqadir hujum uyushtirilgudek bo‘lsa unda mazkur hujumga javob tariqasida yadroviy quroldan foydalanishlari mumkinligini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Aloqador xabarlar
Afg‘onistonda qayd etilgan og‘ir yog‘ingarchilik 19 kishi umriga zomin bo‘ldi
Afg‘onistonda paydo bo‘lgan sel falokati va chaqmoq urushi oqibatida qurbonlar qayd etildi.