Germaniyada shifokorlar ish tashlash e’lon qildi

Germaniyaning Baden-Vyurtemberg shahridagi universitet kasalxonalarida ishlovchi shifokorlar ish sharoitlariga norozilik bildirish maqsadida ogohlantiruvchi ish tashlash e’lon qildi.

2114036

kasaba uyushmasinşng chaqirig'i bilan Heidelberg, Freiburg, Tubingen va Ulmdagi universitet kasalxonalarida ishlaydigan 1000 ga yaqin shifokorlar ish tashlashdi.

Shtutgartda shifokorlar avvaliga yurish qildi, keyin esa miting o‘tkazdi.

Mitingda qatnashgan shifokorlar qo‘shimcha ish va tungi smenalar uchun ko‘proq to‘lov va bonuslar talab qilishdi.

Shifokorlar Moliya vazirligi oldiga ramziy kasalxona karavoti qo‘yib, klinikalar uchun “moliyaviy yordam” so‘rashdi.

Shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari ish tashlashdan ta'sirlanmasligini e'lon qilgan kasaba uyushmasining ogohlantiruvchi ish tashlash chaqirig'i tufayli. Yaqin kunlarda shoshilinch bo'lmagan operatsiyalar ortga surilishi, qabul qilish vaqtlari uzaytirilishi aytildi.

Aloqador xabarlar