AQSh, Angliya, Kanada va baʼzi Yevropa davlatlari Rossiyadagi o’z fuqarolarini ogohlantirdilar

Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Latviya, Chexiya, Kanada va Janubiy Koreya o‘z fuqarolarini Rossiyadagi vaziyat haqida ogohlantirdi.

2113122
AQSh, Angliya, Kanada va baʼzi Yevropa davlatlari Rossiyadagi  o’z fuqarolarini ogohlantirdilar

 

AQSH, Angliya, Kanada va baʼzi Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyadagi  o’z fuqarolarini ogohlantirdilar. Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh)  ayrim G'arb davlatlari ham  Moskva elchixonasi Moskvadagi fuqarolarini olomondan uzoqroq turishga chaqirishlariga qo'shildi.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Latviya, Chexiya, Kanada va Janubiy Koreya o‘z fuqarolarini Rossiyadagi vaziyat haqida ogohlantirdi.

Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi AQSh ogohlantirishidan iqtibos keltirgan va uni o'z veb-saytida baham ko'rgan bo'lsa, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi o'z fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilmaslikni qat'iy tavsiya qildi.

Shvetsiya mintaqadagi xavfsizlik bilan bog'liq vaziyat yomonlashayotganini ta'kidlab, Rossiyadagi fuqarolariga xalqaro ommaviy axborot vositalari va elchixonalarning xabarlarini kuzatishni maslahat berdi.

Chexiyaning Moskvadagi elchixonasi “ekstremistik guruhlar tomonidan ehtimoliy hujumlar haqida paydo bo‘lgan xabarlar tufayli” Rossiyadagi fuqarolaridan ehtiyot bo‘lishni so‘radi.

Latviya Tashqi ishlar vazirligi oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSh elchixonasining chaqirigʻiga ishora qilib, Rossiyadagi fuqarolarini ogohlantirdi.

Kanada hukumati sahifasi AQSh elchixonasi bayonotidan iqtibos keltirdi va o'z fuqarolarini Rossiyaga sayohat qilishdan qochishga chaqirdi.

Janubiy Koreyaning Moskvadagi elchixonasi AQSh maslahatiga tayanib, o‘z fuqarolarini yaqin kelajakda odamlar gavjum joylardan qochishga chaqirdi.

AQShning Moskvadagi elchixonasi tomonidan qilingan yozma bayonotda, AQSh fuqarolari Rossiya poytaxti Moskvadagi gavjum joylardan 48 soat uzoqroq turishga chaqirdi.  Va “ekstremistlar” bu joylarni nishonga olishni rejalashtirgani qayd etildi.

“Elchixona ekstremistlar Moskvadagi yirik yig‘inlarni, jumladan, konsertlarni nishonga olishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqda”, — deyiladi xabarda. AQSh  o'z fuqarolariga 48 soat davomida gavjum yig'ilishlardan qochishni maslahat beradi."deya ifoda etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ogohlantirdi , #Moskva , #Rossiya , #Kanada , #Angliya , #AQSh

Aloqador xabarlar