Garri Kasparovni terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritildi

Rossiya shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Garri Kasparovni terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritdi. Kasparov nomi Rossiya Federatsiyasi Moliyaviy monitoring xizmati (Rosfinmonitoring) saytida terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilg

2112274
Garri Kasparovni terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritildi

 

Rossiya shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Garri Kasparovni terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritdi.

Kasparov nomi Rossiya Federatsiyasi Moliyaviy monitoring xizmati (Rosfinmonitoring) saytida terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Otasi yahudiy, onasi arman bo‘lgan Rossiya fuqarosi Kasparov 1985-2000 yillarda shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan.

2005 yilda shaxmatchi faoliyatini yakunlagan Kasparov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi siyosiy muxolifat harakatlarida ishtirok etgan.

Bir muddatdan so‘ng xorijda yashay boshlagan Kasparov 2014-yilda Xorvatiya fuqaroligini olgan.

2022-yilda Rossiya-Ukraina urushi boshlanishi bilan prezident Putinni tanqid qilgan Kasparov,

U “Rossiyaga qarshi Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlashga va Rossiya iqtisodiyotining qulashiga” chaqirgan edi.  Kasparov 2022-yil 20-mayda Rossiyadagi “xorijiy agentlar” ro‘yxatiga kiritilgan.

 



Aloqador xabarlar