Ukraina Rossiyaning patrul kemasiga zarba berganini ma’lum qildi

Ukraina, Rossiyaning Qora dengiz flotiga oid «Sergey Kotov» deb nomlangan patrul kemasiga zarba berganini ma’lum qildi.

2111204
Ukraina Rossiyaning patrul kemasiga zarba berganini ma’lum qildi

Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka Bosh boshqarmasi, Rossiyaning Qora dengiz flotiga oid «Sergey Kotov» deb nomlangan patrul kemasiga zarba berganini ma’lum qildi.

Razvedka Bosh boshqarmasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, bugun kechasi «Group – 13» maxsus bo‘linmasi tomonidan Rossiyaning Qora dengiz flotining «Sergey Kotov» deb nomlangan patrul kemasiga qarshi hujum uyushtirilgani ma’lum qilindi.

Hujumning Ukraina Harbiy - dengiz kuchlari bilan hamkorlikda va Ukraina Raqamli transformatsiya vazirligi ko‘magida amalga oshirilganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, «Magura V5» insonsiz dengiz vositasi orqali amalga oshirilgan hujum natijasida rus kemasining oldingi qismi, o‘ng va chap tomoniga ziyon yetkazilgani qayd etildi.

Bayonotda kemaga, Kerch bo‘g‘ozi yaqinidagi Ukraina hududiy suvlarida zarba berilgani ifoda etildi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #patrul kemasi , #Sergey Kotov

Aloqador xabarlar