Isroil armiyasi G'azoda yordam kutayotgan falastinliklarga qarata o'q uzdi

Isroil armiyasi G'azo shahri janubida yordam kutayotgan falastinliklarga qarata haqiqiy o'qlar bilan o'q uzdi.

2111246
Isroil armiyasi G'azoda yordam kutayotgan falastinliklarga qarata o'q uzdi

 

Isroil armiyasi G'azo shahri janubida yordam kutayotgan falastinliklarga qarata haqiqiy o'qlar bilan o'q uzdi.

G'azo hukumatining matbuot bo'limi tomonidan berilgan bayonotda,

Isroil qo'shini un va oziq-ovqat yordamini olish uchun G'azo shahri janubidagi Saladin ko'chasidagi Quvayt tutashuviga borgan  Falastinlik tinch aholiga qarata haqiqiy o'qlardan o't ochganliklari bildirildi.

Bayonotda, Isroilning Falastinliklarni nishonga olishi, ochlikni yanada oshirish, qamalni davom ettirish va G'azodagi bu insoniy falokatni davom ettirishni xohlayotganining ko'rsatkichi ekanligi qayd etildi.

G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatning yomonlashuvi va gumanitar falokatning kuchayishida butunlay AQSh aybdor  va Isroil va xalqaro hamjamiyat javobgar deya bayonot berildi.

  Unda genotsid urushining to‘xtatilishi va barcha viloyatlarga, ayniqsa G‘azo sektorining shimoliga 1000 yuk mashinasi yordam yetkazilishi talab qilingan. Isroilning G'azo sektorida 7 oktabrdan beri davom etayotgan shiddatli to'qnashuvlarida 30 mingdan ortiq falastinlik halok bo'ldi, ularning deyarli yarmi bolalar.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar