BMT Barqarorlik Missiyasining (MONUSCO) Kongo Demokratik Respublikasini tark etmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Barqarorlik Missiyasining (MONUSCO) Kongo Demokratik Respublikasi (DRC) sharqidagi Janubiy Kivu provinsiyasida joylashgan harbiy bazasi  Kongo milliy politsiya xizmatiga topshirildi.

2109063

MONUSCO tomonidan qilingan bayonotda, BMT Tinchlik kuchlari askarlarini DRCdan olib chiqishda birinchi qadam sifatida,  Janubiy-Kivu viloyatining Kamanyola viloyatida joylashgan MONUSCO bazasi Kongo milliy politsiya agentligiga o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

MONUSCO prezidenti Bintou Keyta 13 yanvar kuni bergan bayonotida: Uch bosqichli chekinish rejasining birinchisi apreldan oldin boshlanishini va mamlakatdagi 13 ming 500 askar sonining 11 ming 500 nafarga tushishini bildirgan edi.

Keytaning qayd etishicha, BMTning Janubiy Kivudagi 14 ta bazasi Kongo xavfsizlik kuchlariga topshiriladi. Shimoliy Kivu va Ituri mintaqalaridagi BMT kuchlari ham kelajakda chekinishini bildirdi.

BMTning dunyodagi eng yirik missiyalaridan biri bo'lgan MONUSKOning mamlakatni tark etishi uchun jamoatchilik tomonidan ko'plab namoyishlar bo'lib o'tdi.

DRC hukumati talabiga binoan Sharqiy Afrika hamjamiyati ham o‘z tinchlikparvar kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketgan edi.

Ruanda, Uganda va Burundi bilan chegaradosh Kondon sharqida,

  U 20 yildan ortiq vaqt davomida oltin va kobalt kabi konlarni nazorat qilishga urinayotgan qurolli guruhlarning hujumlari va to‘qnashuvlariga sahna bo‘lib kelgan.

Aloqador xabarlar