Isroil G'azoda 2 zobiti halok bo'lganini e'lon qildi

Isroil armiyasi blokada ostidagi G'azo sektoridagi to'qnashuvlarda 2 askarining halok bo'lgani va 7 askarining yaralanganini ma'lum qildi.

2108329
Isroil G'azoda 2 zobiti halok bo'lganini e'lon qildi

 

Isroil armiyasi blokada ostidagi G'azo sektoridagi to'qnashuvlarda 2 askarining halok bo'lgani va 7 askarining yaralanganini ma'lum qildi.

Isroil davlat televideniyesida berilgan armiya bayonotida, G'azo shahrining janubi-sharqida joylashgan Az-Zeytun mahallasida bomba qurilmasining portlashi natijasida qurbonlar yo'qolganligi bildirildi.

Voqeada mayor Iftah Shahar va kapitan Itai Seifning halok bo‘lgani, 7 askarning og‘ir yaralangani qayd etildi. Shunga ko’ra, G’azo sektoriga hujumlar boshlangan 7 oktabrdan buyon 582 nafar Isroil askari halok bo’ldi, 2988 nafari yaralandi, ulardan 242 nafari quruqlikka bostirib kirish jarayonida bo’lgan.

Isroil armiyasi kecha G'azo sektoridagi to'qnashuvlarda 13 nafar askarining yaralanganini e'lon qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #G'azo , #Askar , #Isroil

Aloqador xabarlar