Venesuelada oltin konining qulashi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Venesuelada noqonuniy ishlayotgan oltin konining qulashi natijasida 30 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi yer ostiga ko‘milgan.

2105729

Rasmiylarning xabar berishicha, Bolivar shtatining Angostura shahrida noqonuniy ishlayotgan oltin konida qulash sodir bo'lgan.

Qidiruv-qutqaruv guruhlari vertolyotda shaharga jo'natildi.

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, hodisada hozirgacha 30 kishi halok bo'lgan, 100 dan ortiq odam esa qamalib qolgan.

Bolivar fuqarolar xavfsizligi davlat kotibi Edgar Kolina Reyes matbuotga bergan bayonotida:

  U mintaqaga mustaqil komissiya ko‘chib o‘tganini va voqea yuzasidan keng qamrovli tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Venesuela matbuotida chiqqan xabarda, qulashning ko'chki sabab bo'lgani va aniq qancha odamning yer ostida qolgani ma'lum emasligi bildirildi.

Braziliya bilan chegaradosh Bolivar davlati oltin, olmos, temir, boksit va koltanning boy zaxiralari bilan mashhur.

Tanlangan kalimalar: #Halok , #30 kishi , #Quladi , #Kon , #Oltin , #Venesuela

Aloqador xabarlar