Bayden saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Putinni haqorat qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya rahbari Vladimir Putinni Navalniyning o‘limi uchun javobgar deb topdi.

2106073
Bayden saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Putinni haqorat qildi

 

AQSH Prezidenti Jo Bayden San-Fransiskodagi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Rossiya rahbari Vladimir Putinni haqorat qildi. 

The Hill nashrining yozishicha, Bayden saylovoldi kompaniyasi uchun donorlar guruhi oldida chiqish qilib, yadroviy mojaro xavfi doimo mavjudligi, ammo iqlim insoniyat uchun ekzistensial tahdid bo‘lib qolayotganini aytgan.

Putin va boshqa ba'zi liderlar tufayli yadroviy to'qnashuv haqida doimiy tashvish borligiga e'tibor qaratgan Bayden, eng asosiy ekzistensial tahdidning aslida iqlim ekanligini aytdi.

“Oxirgi ekzistensial tahdid – bu iqlim. Putin kabi aqldan ozgan fohishaning o‘g‘li bor ekan, biz doimo yadroviy mojaro haqida qayg‘urishimiz kerak. Ammo insoniyat uchun ekzistensial tahdid bu iqlimdir”, deydi Bayden.

Bayden o‘z nutqida Rossiya yetakchisi Putinga nisbatan haqoratli so‘z ishlatdi.

Shuningdek, Bayden o‘zining huquqiy muammolarini rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning o‘limiga qiyoslagan AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni ham tanqid qilgan.

“U o‘zini Navalniyga qiyoslaydi va bizning mamlakatimiz kommunizmga aylangani uchun u ham xuddi Navalniy kabi ta’qibga uchraganini aytadi. Bu qayerdan paydo bo‘ldi?”, deydi Bayden.

AQSh prezidenti Bayden Putinni Navalniyning o‘limi uchun javobgar deb topdi.

"Aleksey Navalniyning o'limi haqidagi xabar meni ham hayratda qoldirdi, ham g'azablantirdi. Putin uni zaharladi, hibsga oldi va sud qildi. Uni qamoqqa jo'natdi va izolyatsiya qildi",-deydi Jo Bayden.


Tanlangan kalimalar: #Aleksey Navalniy , #Putin , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar