NATO Gruziyaning Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishini qo‘llab-quvvatlaydi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg NATOning Bryusseldagi qarorgohida Gruziyaning yangi bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashdi.

2105920
NATO Gruziyaning Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishini qo‘llab-quvvatlaydi

 

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg NATOning Bryusseldagi qarorgohida Gruziyaning yangi bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Gruziya va NATO o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Stoltenberg suhbat chog’ida Gruziyaning NATO va Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

U shuningdek, NATO sherigi Gruziyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlashini va Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda anneksiya qarorining qabul qilinishi mumkin emasligini ta'kidladi.

“Biz Gruziyaning Yevro-Atlantika oilasiga toʻlaqonli aʼzo bo’lishi va yana ham mustahkam demokratiya va farovonlik sari intilayotganini koʻrishni xohlaymiz”, - dedi Stoltenberg.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze o’z navbatida, lavozimga tayinlanishi bilan birinchi xorijiy tashrifi Bryussel, Yevropa Ittifoqi va NATOga bo'lganini va bu uning o'z mamlakatini "Yevropa oilasi"ning bir qismiga aylantirish istagini aks ettirganini tilga oldi.

Gruziya o’tgan yillar davomida NATO boshchiligidagi missiya va amaliyotlarda ishtirok etganini ta’kidlagan Kobaxidze, buning NATO bilan mudofaa salohiyatini uyg’unlashtirishga hissa qo’shganini aytdi.

Gruziya hududining 20 foizi ishgʻol ostida ekanini taʼkidlagan Kobaxidze, NATO va ittifoqchilarni Gruziyani har qachongidan ham koʻproq qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Gruziya Bosh vaziri kecha Yevrokengash raisi Charlz Mishel, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel va Yevropa Ittifoqi komissiyasining qoʻshnichilik va kengayish boʻyicha masʼul aʼzosi Oliver Varxeli bilan uchrashdi.

Gruziya dekabr oyida Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomini olgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gruziya , #NATO

Aloqador xabarlar