Kanada Ukrainaga 800dan ortiq "SkyRanger R70" dronlarini yuboradi

Kanada Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Ukrainaga 800 dan ortiq "SkyRanger R70" rusumli dron yuborilishi ma'lum qilingan.

2104946
Kanada Ukrainaga 800dan ortiq "SkyRanger R70" dronlarini yuboradi

 

Kanada Ukrainaga mahalliy ishlab chiqarilgan 800 dan ortiq uchuvchisiz uchish apparatlarini yuborishini ma’lum qildi.

Kanada Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Ukrainaga 800 dan ortiq "SkyRanger R70" rusumli dron yuborilishi ma'lum qilingan.

Umumiy qiymati 70 million dollardan ortiq bo'lgan dronlar Ukraina mudofaasiga hissa qo'shishi qayd etilgan.

Dronlar razvedka ma'lumotlarini yig'ishda muhim ahamiyatga ega. Bu dronlardan materiallarni tashishda ham foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, dronlar Ukraina qo‘shinlariga har qanday issiqlik manbasini uzoq masofadan, ayniqsa qorong‘ulik va noqulay ob-havo sharoitida tanib olishga yordam berishi ta’kidlangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Kanada

Aloqador xabarlar