Papua-Yangi Gvineyada qabilalar o‘rtasidagi to‘qnashuvda 53 kishi halok bo‘ldi

Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismidagi Papua-Yangi Gvineyaning tog‘li hududlarida qabila o‘rtasidagi to‘qnashuvda 53 kishi halok bo‘ldi.

2103983

Politsiya kuchlarining ma'lum qilishicha, Enga hududida ikki qabilaning bir-biriga pistirma qilishi natijasida yuzaga kelgan to'qnashuvda 53 kishi halok bo'lgan.

Hodisani mamlakatning yaqin tarixidagi "eng katta qirg'in" deb ta'riflagan politsiya kuchlari jasadlarning politsiya furgonlariga ortilganini ma'lum qildi.

Qirollik konstabuliyasi bosh inspektori vazifasini bajaruvchi Jorj Kakasning aytishicha, voqeaga javob bergan politsiyachilar "shokda" bo'lishgan.

Kakas, o'limlar soni ortishidan xavotir borligini ta'kidladi.

Mintaqada 2022-yilgi saylovlardan keyin boshlangan to’qnashuvlar oxirgi paytlarda o’zaro pistirma va qishloqlarga qurolli hujumlar bilan kuchaygani bildirildi.

Aloqador xabarlar