Hindistonda qurolli shaxslar 10 nafar ko‘mir konchini o‘g‘irlab ketishdi

Assam politsiyasining xabar berishicha, hodisa Arunachal-Pradesh shtati chegarasi yaqinidagi minada sodir bo‘lgan.

2104017
Hindistonda qurolli shaxslar 10 nafar ko‘mir konchini o‘g‘irlab ketishdi

 

Hindistonda qurolli shaxslar 10 nafar ko‘mir konchini o‘g‘irlab ketishdi.

Assam politsiyasining xabar berishicha, hodisa Arunachal-Pradesh shtati chegarasi yaqinidagi minada sodir bo‘lgan.

Politsiya xodimlari hozircha aniq raqamni aniqlay olmaganliklarini ta'kidladilar, biroq dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 10 nafar ko'mirchi o'g'irlab ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Taxminlarga ko‘ra, hodisa Assamda hukumatga qarshi qurolli kurash olib borayotgan Assam Birlashgan ozodlik fronti (ULFA) va Nagaland milliy sotsialistik kengashi (NSCN) a’zolari tomonidan sodir etilgan.

Qutqaruv operatsiyasi uchun mintaqaga qo‘shimcha kuchlar yuborildi.



Aloqador xabarlar