AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 354,9 million dollar jarimaga tortildi

Engoron Trampga “ko‘chmas mulk sohasida firibgarlik bilan shug‘ullangani” uchun 354,9 million dollar jarimaga tortdi.

2103586
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp  354,9 million dollar jarimaga tortildi

Amerika Qo'shma Shtatlarining (AQSh) sobiq prezidenti Donald Tramp,o‘ziga, farzandlariga va shirkatlariga qarshi ochilgan da’vo arizasida “ko‘p yillar davomida ko‘chmas mulk sohasida ko‘plab inson va muassasalarni aldagan” degan bahona bilan 354,9 million dollar jarimaga tortildi.

Sudya Artur Engoron uzoq vaqtdan beri jamoatchilikni band qilgan ish bo'yicha o'z qarorini e'lon qildi.

Engoron Trampga “ko‘chmas mulk sohasida firibgarlik bilan shug‘ullangani” uchun 354,9 million dollar jarimaga tortdi.

Ish bo'yicha 364 million dollar jarimadan tashqari, Tramp 3 yilga va ularning farzandlariga ham ikki yil davomida Nyu-Yorkdagi kompaniyalarda yuqori martabali mansabdor bo‘lish va banklardan kredit olish taqiqlangan. Donald Trump  va farzandlari  Erik Trampning har biri 4 million dollardan, kompaniyaning sobiq bosh moliyaviy direktori esa 1 million dollardan jarimaga tortildi. Tramp Nyu-Yorkda 2023-yil 2-oktabrdan beri davom etayotgan tinglovlarda ko‘p marotaba qatnashgan, garchi bu majburiy bo‘lmasa ham.

U oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etib, ish “siyosiy motivlar” bilan ochilganini taʼkidladi.



Aloqador xabarlar