Bryusselda NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig'ilishi bo'lib o'tadi

Yig’ilishda 2022-yil 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi va boshqa muhim masalalar muhokama qilinadi.

2102212
Bryusselda NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig'ilishi bo'lib o'tadi

 

Bugun Belgiya poytaxti Bryusselda NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Mazkur tadbirda Turkiyadan Milliy Mudofaa Vaziri Yashar Guler ishtirok etadi.

Yig’ilishda 2022-yil 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi va boshqa muhim masalalar muhokama qilinadi.

Ikki kunlik tadbirning birinchi kunida vazirlar Ukraina delegatsiyasi bilan uchrashadi. Alyansning Ukrainaga harbiy yordami yana bir bor ko'rib chiqiladi.

AQSh prezidentlik saylovida yana nomzod bo'lgan sobiq prezident Donald Trampning NATO haqidagi chiqishi ham mamlakatlar kun tartibida.

Tramp AQSh prezidentligi davrida NATO oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarmagan ittifoqdoshlarini Rossiyaning ehtimoliy hujumidan himoya qilmasligini aytgan edi.


Tanlangan kalimalar: #NATO

Aloqador xabarlar