AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin shifoxonaga yotqizildi

Ostin kecha, 11 fevral kuni tushdan keyin "Valter Rid" milliy harbiy tibbiyot markaziga olib ketilgan.

2100939
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin shifoxonaga yotqizildi

 

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin yana shifoxonaga yotqizildi.

Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Ostin kecha, 11 fevral kuni tushdan keyin "Valter Rid" milliy harbiy tibbiyot markaziga olib ketilgan.

Bu haqda mudofaa vaziri o‘rinbosari va AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, shuningdek, Oq uy va Kongressga ma’lum qilingan. 

"Pentagon rahbari ayni vaqtda oʻz vakolati doirasidagi funksiya va vazifalarni davom ettirmoqda. Zarurat tugʻilganda o‘z vazifalarini o‘rinbosari Ketlin Xiksga topshirishga tayyor",- deya qo‘shimcha qilgan keyinchalik Rayder.

13 fevral kuni AQSH Mudofaa vaziri Ukraina mudofaa aloqa guruhining navbatdagi konferensiyasini (Ramshteyn formati deb ham ataladi) o‘tkazish uchun Bryusselga uchishi kerak edi. Shundan so‘ng, Ostin NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etishi kerak edi. 

Uning shifoxonaga yotqizilishi bu rejalarga qanday ta’sir qilishi noma’lum.


Tanlangan kalimalar: #Lloyd Ostin

Aloqador xabarlar