Londonda o'qituvchilar Isroilning G'azoda bolalarni qirg'in qilishiga norozilik bildirdi

Londonda Ichki Ishlar Vazirligi binosi oldida to'plangan o'qituvchilar, Isroilning G'azoda bolalarni qirg'in qilishiga munosabat bildirgan holda Bosh vazirlik binosiga yo'l oldi.

2100471
Londonda o'qituvchilar Isroilning G'azoda bolalarni qirg'in qilishiga norozilik bildirdi
londra filistin destek.jpg
londra'da israil'e tepki.jpg
londra israil tepki.jpg

 

Angliyaning poytaxti Londonda o'qituvchilar Isroilning G'azoda bolalarni qirg'in qilishiga norozilik bildirdi.

Londonda Ichki Ishlar Vazirligi binosi oldida to'plangan o'qituvchilar, Isroilning G'azoda bolalarni qirg'in qilishiga munosabat bildirgan holda Bosh vazirlik binosiga yo'l oldi.

O'qituvchilar bino oldida to'kilgan qon rangli bo'yoq, shuningdek, bolalar kiyimlari va o'yinchoqlarini qo’yib Isroilning G'azoga qilgan hujumlari natijasida hayotdan ko'z yumgan ba'zi bolalarning fotosuratlarini qoldirdi.

Namoyishda o‘qituvchilar Falastin bayroqlari hamda “Genotsidni to‘xtating” va “Hozir o‘t ochishni to‘xtating” degan bannerlarni ko‘tarib Isroilga munosabat bildirdi va bolalarni o'ldirishni to'xtatishga chaqirdi.

Kasalxona va maktablarning portlatilishiga o‘qituvchilar ham munosabat bildirishgan.

“Falastinga ozodlik”, “G’azoga qarshi urushni to’xtatish”, “Daryodan dengizgacha Falastinga ozodlik” kabi shiorlarni hayqirdi.

  7-oktabrdan beri Isroil tomonidan shiddatli hujumlar ostida bo'lgan G'azo sektorini qo'llab-quvvatlash uchun Yaman va Marokashda ham minglab kishi ishtirokida namoyishlar o'tkazildi.

7 oktyabrdan beri Isroilning G'azo sektoriga hujumlari kamida 12 ming bola, 8 ming 190 ayol bo’lgan 27 ming 947 Falastinlik halok bo’ldi, 67 ming 459 kishi yaralandi.

Minglab odamlar hali ham vayronalar ostida.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar