Nigeriyada 88,4 million aholi o‘ta qashshoqlikda kun kechirmoqda

Afrika qit'asining boy neft va tabiiy gaz zaxiralariga ega bo'lgan Nigeriyada daromadlar tengsizligi, terror tashkiloti Boko Haram va qurolli to'da a'zolarining hujumlari kabi muammolar iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

2099594
Nigeriyada 88,4 million aholi o‘ta qashshoqlikda kun kechirmoqda

 

G‘arbiy Afrika davlati Nigeriyada 88,4 million aholi o‘ta qashshoqlikda yashaydi.

Bu haqda Nigeriya Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligining doimiy kotibi Temitope Fadeshemi ma'lum qildi.

U mamlakatdagi qashshoqlik darajasi xavotirli ekanini taʼkidladi.

Nigeriyada tahminan 88,4 million kishi o'ta qashshoqlikda yashayotganini ifoda etgan Fadeshemi, 2022 yilga kelib, o'ta qashshoqlikdagi global aholining 12,9 foizi Nigeriyada ekanligini ta'kidladi.

Afrika qit'asining boy neft va tabiiy gaz zaxiralariga ega bo'lgan Nigeriyada daromadlar tengsizligi, terror tashkiloti Boko Haram va qurolli to'da a'zolarining hujumlari kabi muammolar iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Iqtisodiy inqiroz va xavfsizlik muammolari tufayli og'ir sharoitlarda yashayotgan ba'zi nigeriyaliklar yaxshi hayot umidida noqonuniy yo'llar bilan Yevropaga  borishga harakat qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar