Chili sobiq prezidenti vertolyot halokatida vafot etdi

Bortida Sebastyan Pinera va uning hamrohlari bo'lgan vertolyot Los-Rios mintaqasidagi Lago Ranko shaharchasida halokatga uchragan.

2098759
Chili sobiq prezidenti vertolyot halokatida vafot etdi

 

Chili sobiq prezidenti vertolyot halokatida vafot etdi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, bortida Sebastyan Pinera bo‘lgan vertolyot Los-Rios mintaqasidagi Lago Ranko shaharchasida ko‘lga qulagan. Vertolyotda siyosatchidan tashqari uning uch nafar oila a’zosi ham bo‘lgan.

Qarindoshlari qulagan vertolyotdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan, biroq 74 yoshli sobiq prezident buni uddalay olmagan.

Uning jasadi taxminan 40 metr chuqurlikdan topilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Sebastyan Pinera Chilida ikki muddat davomida prezident lavozimida ishlagan.


Tanlangan kalimalar: #Chili

Aloqador xabarlar