Chilidagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 122 nafarga yetdi

Mamlakatda davom etayotgan kuchli jazirama va qurg‘oqchilik sharoitida so‘nggi 24 soat ichida 180 dan ortiq o‘rmon yong‘inlari qayd etildi, minglab binolar vayron bo‘lgan.

2098388
Chilidagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 122 nafarga yetdi

 

 

Chilida davom etayotgan kuchli o‘rmon yong‘inlari kamida 122 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana 300 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.

Mamlakatda davom etayotgan kuchli jazirama va qurg‘oqchilik sharoitida so‘nggi 24 soat ichida 180 dan ortiq o‘rmon yong‘inlari qayd etildi, minglab binolar vayron bo‘lgan.

Mamlakat prezidenti Gabriel Borik yong‘in o‘choqlaridan biri bo‘lgan Valparaisoga tashrifi chog‘ida yong‘inning davom etishi qurbonlar sonini orttirishini tan oldi.

Mahalliy o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 4-fevral kuni butun mamlakat bo‘ylab 188 ta o‘rmon yong‘inlari qayd etilgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 29 ming gektarga yaqin.

Ma’lumot uchun, mintaqada kuzatilayotgan jazirama va qurg‘oqchilikdan boshqa Lotin Amerikasi davlatlari ham aziyat chekmoqda.

Jumladan, Argentinadagi Los-Alercyes milliy bog‘ida ham katta yong‘in chiqib, parkning 3000 gektardan ortiq maydoniga jiddiy zarar yetkazgan.


Tanlangan kalimalar: #Chili

Aloqador xabarlar