Filippindagi tabiiy ofatda jon berganlar soni ortdi

Filippinda noqulay ob – havo sharoitlari yoʻl ochgan tabiiy ofatda jon berganlar soni ortdi.

2097701
Filippindagi tabiiy ofatda jon berganlar soni ortdi

Filippinda noqulay ob – havo sharoitlari yoʻl ochgan sel va tuproq koʻchkilari oqibatida jon berganlar soni 16 nafarga yetdi.

Oʻtgan haftadan beri davom etayotgan ogʻir yogʻingarchilik koʻplab mintaqalarda, ayniqsa mamlakatning ikkinchi eng katta oroli Mindanaoda avj oldi.

Yomgʻir oqibatida yuzaga kelgan sel va koʻchkilarda halok boʻlganlar soni 16 nafarga yetdi.

Qurbon boʻlganlarning hammasi Davao viloyatida qayd etildi va 11 kishi tan jarohati oldi.

Bedarak yoʻqolgan 3 kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

Ogʻir yogʻingarchilikda 772 ming kishi jabr koʻrdi va 409 ming kishi uy -  joyidan evakuatsiya qilindi.

 



Aloqador xabarlar