Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yanvar oyining ilk haftasida Yaponiyada sodir bo‘lgan yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni 238 kishiga yetdi.

2096158
Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yaponiya g‘arbidagi Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan yer silkinishlarida hayotdan ko‘z yumganlar soni 238 nafarga yetdi.

Ishikava shahri rasmiylari yanvar oyining ilk haftasida sodir bo‘lgan yer silkinishlari haqida bayonot berar ekan, unda jon berganlar sonining 238 nafarga yetganini bildirdi.

Bayonotda, qariyb 15 ming kishining haligacha evakuatsiya punktlarida jon saqlayotgani va bedarak yo‘qolgan 19 kishini esa qidirish ishlari davom etayotgani ifoda etildi.

Yaponiya meteorologiya agentligining xabar berishicha 1 - 5 yanvar kunlari Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida kamida 5, eng ko‘p 7 magnitudali ekani aniqlangan yer silkinishi sodir bo‘lgandi.



Aloqador xabarlar