Blinken yana bir bor Yaqin Sharqqa tashrif uyushtiradi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken hafta oxirida yana bir bor Yaqin Sharqqa tashrif uyushtiradi.

2096323
Blinken yana bir bor Yaqin Sharqqa tashrif uyushtiradi

Oq uy bilan AQSh Davlat departamenti rasmiylari Entoni Blinkenning mintaqaga tashrif uyushtirishi haqida bayonot berdi.

Shunga ko‘ra Blinken G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berilishi, toqnashuv tugagach mintaqaning qanday boshqarilishi va mustaqil Falastin davlati tashkil topgudek bo‘lsa uning tan olinishi kabi mavzularda muloqotlar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Avj olgan taranglik yuzasidan falastinlik 27 ming nafardan ortiq inson jon berdi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat.

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #G‘azo , #AQSh , #Yaqin Sharq , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar