Yaponiyada ikkita samolyot to'qnashib ketdi

Rasmiy Kyodo agentligi maʼlumotlariga koʻra, halokat Itami aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 10:10 da sodir boʻlgan.

2096373
Yaponiyada ikkita samolyot to'qnashib ketdi

 

Yaponiyadagi Osaka aeroportida All Nippon Airways (ANA) aviakompaniyasiga tegishli ikki yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketdi.

Rasmiy Kyodo agentligi maʼlumotlariga koʻra, halokat Itami aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 10:10 da sodir boʻlgan.

Mahalliy terminalning uchish-qo‘nish yo‘lagida sodir bo‘lgan avariyada ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar jabrlanmadi, samolyotlarga ozgina zarar yetdi.

Eslatma: 2-yanvar kuni esa, poytaxt Tokiodagi Haneda aeroportida bortida 300 dan ortiq odam bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida Sohil xavfsizlik xizmati samolyoti bilan to'qnashib, yonib ketdi.

Yonayotgan samolyotdagi yo‘lovchilar so‘nggi daqiqada evakuatsiya qilinib, qutqarilar ekan, parchalanib ketgan kichik samolyotdagi 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi.


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya

Aloqador xabarlar