Peskov: NATOning harbiy mashg‘ulotlar uyushtirishi Rossiya uchun xavf tug‘dirmoqda

Rossiya Prezidenti Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov poytaxt Moskvada jurnalistlarga dolzarb mavzular ustidan bayonot berdi.

2095784
Peskov: NATOning harbiy mashg‘ulotlar uyushtirishi Rossiya uchun xavf tug‘dirmoqda

Dmitriy Peskovning qayd etishicha, NATOning harbiy mashg‘ulotlar uyushtirishi Rossiya uchun xavf tug‘dirmoqda.

Rossiya Prezidenti Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov poytaxt Moskvada jurnalistlarga dolzarb mavzular ustidan bayonot berdi.

NATO tomonidan uyushtiriladigan «Steadfast Defender 2024» deb nomlangan mashg’ulotni baholagan Peskov, buning Rossiya uchun xavf tug‘dirayotganini ifoda etdi.

Peskov,

“NATO bizga xavf tug‘dirish vazifasini bajarishni davom etmoqda. Biz buni shunday qabul qildik. Bunga qarshi zarur choralar ko‘rilmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Nomi tilga olingan ittifoqning, o‘n yillardan beri o‘z infratuzilmasini Rossiya chegaralari tomon turtayotganiga e’tibor qaratgan Peskov, NATOning Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan boshqarilayotgani va uning “mojaro quroli” ekanini ta’kidladi.

Matbuot xizmati kotibi Peskov, o‘tgan hafta Belgorod mintaqasida va ichida 65 asir doxil jami 74 kishi bo‘lgan rus samolyotiga zarba berilishi voqeasi ustidan olib borilgan tergov ishlarining davom etayotganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar