Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi

Bu haqda u hukumat idorasida bo‘lib o‘tgan maxsus brifingda ma’lum qildi.

2095000
Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi

 

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili o‘z lavozimini tark etmoqda.

Bu haqda u hukumat idorasida bo‘lib o‘tgan maxsus brifingda ma’lum qildi.

Partiya ichidagi demokratiya haqida gapirar ekan, u "boshqalarga ham imkoniyat berish kerak", dedi. Garibashvili hukmron "Gruziya orzusi" partiyasiga rais bo‘lish taklifini qabul qilganini ham ta’kidladi.

Garibashvili 5 yil bosh vazir sifatida ishlaganiga diqqat qaratib, "Vatanimizga vijdonan xizmat qildim. Vatanimiz, xalqimiz manfaatlarini murosasiz himoya qildim. Shu davrda jamoa bilan birgalikda erishgan natijalardan faxrlanaman",- dedi.

"Partiyamiz asoschisi va faxriy raisi janob Bidzina Ivanishvili, partiya va parlament rahbariyati va a’zolariga, vazirliklar rahbarlari va har bir xodimga, hukumat apparati xodimlariga, barcha davlat xizmatchilariga Bosh vazirlik faoliyatim davomida ko‘rsatgan ulkan qo‘llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildiraman", - degan Garibashvili.

Gruziya matbuotida yangi bosh vazirlikka nomzod 45 yoshli parlament aʼzosi, professor Irakliy Kobaxidze boʻlishi aytilmoqda.

Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi raisi Kobaxidze 2016-2019-yillarda Gruziya parlamenti spikeri lavozimida ishlagan.

Gruziya konstitutsiyasiga ko‘ra, hukmron partiya 1 hafta ichida prezidentga yangi bosh vazir nomzodini taqdim etishi kerak.

 

Garibashvili bosh vazirlikka 2021 yil fevralda kelgandi. U avval ham (2013-2015) bosh vazir bo‘lgan. 


Tanlangan kalimalar: #Irakliy Garibashvili , #Gruziya

Aloqador xabarlar