Nigeriyada fermerlar o'rtasidagi nizolarda 48 kishi halok bo'ldi

Nigeriyaning Plato viloyatida 5-kundirki cho'ponlar va fermerlar o'rtasida sodir bo'layotgan to'qnashuvlarda hayotdan ko'z yumganlar soni 48 nafarga yetdi.

2094581

Mangu tumani rahbari Markus Artu, hududda ikki guruh o'rtasida davom etayotgan to'qnashuvlar tufayli 48 kishining hayotdan ko'z yumganini bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, nizolar tufayli yuzlab odamlar uylarini tark etishga majbur bo'lgan.

Nigeriyadagi Qizil Xoch jamiyati rahbari Nurudin Husaini Magajining ma'lum qilishicha, mojarolar tufayli mintaqada tashkil etilgan lagerda taxminan 1500 kishi boshpana topgan.

Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar